Hozirgi vaqtda Yer magnit maydonining buzilish darajasi beshta ko'rsatkichli shkala bo'yicha G3 – “kuchli” ko'rsatkichga yetdi, bu yerda G5 “o'ta kuchli”, G1 esa “zaif”.
G3 darajasi Yerdagi energiya tizimlari bilan bog'liq, jumladan, xavfsizlik tizimlarida noto'g'ri signallar va yog' transformatorlarining “qaynab ketishi” bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi mumkinligini anglatadi. Bundan tashqari, sun'iy yo'ldosh va past chastotali radionavigatsiyada va yuqori chastotali radioaloqada uzilishlar bo'lishi mumkin. O'rta kengliklarda qutb yog'dusini kuzatish mumkin bo'ladi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi va Sibir Fanlar Akademiyasi Quyosh-Yer fizikasi instituti mutaxassislari: “Bo'ron juda beqaror davom etmoqda va grafiklarda hamma narsa qizil rangda aks etgan bo'lsa-da, aslida buning ortida bo'ronning bir qator kuchayishi va zaiflashuvi bor”.
Bashorat qilinishicha, magnit bo'roni 17-aprel kuni kunning birinchi yarmida to'xtaydi, deb xabar beradi tass.ru.