Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi va mazkur akademiyaning Sibir bo'limi Quyosh-yer fizikasi instituti saytida ma'lum qilindi.
“Hozirgi vaqtda Kp geomagnit indeksi 2-3 darajasida, bu Yer maydonining sokin holatiga to'g'ri keladi”, deyiladi xabarda.
Tadqiqotchilarning fikricha, Yer quyosh plazmasi bulutidan chiqqan, shu bois bo'ronning qayta boshlanishi ehtimoldan yiroq. Biroq, hozirda sayyoraga yangi chaqnashlar xavfi mavjud. Olimlarning qayd etishicha, xavf kamida ikki-uch kun davomida yuqori darajada saqlanib qoladi, deb xabar beradi gazeta.ru.