Erdog'an: Netanyaxu G'azoga yetkazilgan 100 milliard dollar zararni qoplashi kerak

    Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning so'zlariga ko'ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netan`yaxu G'azoga yetkazilgan 100 milliard dollar zararni qoplashi kerak.

    “Netanyaxu o'z yerlaridan chiqarib yubora olishning iloji yo'q bo'lgan g'azoliklarga joy izlash o'rniga, G'azoga yetkazgan 100 milliard dollar zararni qoplash uchun mablag' izlashi kerak”, dedi Turkiya rahbari dushanba kuni Malayziyada.

    19-yanvardan beri G'azo sektorida Isroil va Falastinning HAMAS harakati o'rtasida isroillik garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilish bo'yicha erishilgan kelishuv doirasida o't ochishni to'xtatish rejimi amal qilmoqda. 15 oydan ortiq davom etgan qurolli to'qnavush oqibatida 48 mingdan ortiq falastinlik va 1500 ga yaqin isroillik halok bo'ldi. Mojaro Livan va Yamanga tarqaldi va Isroil va Eron o'rtasida raketa almashinuviga sabab bo'ldi, deb xabar beradi ria.ru.