Yerevan Bokudan tinchlik shartnomasi bo'yicha yangi takliflar oldi

    Armaniston yanvar oyida Bokuga yuborgan loyihaga javoban Ozarbayjondan tinchlik shartnomasi bo'yicha yangi takliflar oldi.

    Bu haqda Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan jurnalistlar bilan suhbatda aytib o'tdi.

    “Biz Ozarbayjondan [tinchlik shartnomasining] yangi tahririni oldik. Bu bizning Bokuga 4-yanvarda yuborilgan versiyamizga javob. Ozarbayjon o'zinikini yubordi va biz ishlashda davom etamiz”, dedi Grigoryan.

    U tafsilotlar haqida gapirmadi va tinchlik shartnomasi Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida muhokama qilinishini qayd etdi, deb xabar beradi tass.ru.