Yerevan Bokuga hujum qilmaslik to'g'risidagi shartnomani imzolashni taklif qildi

    Armaniston, agar tinchlik shartnomasini imzolash jarayoni kechiktirilsa, Ozarbayjonga hujum qilmaslik to'g'risidagi shartnomani imzolashni taklif qildi.

    Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armiya kuniga bag'ishlangan nutqida aytib o'tdi.

    “Biz Ozarbayjonga qurol-yarog'larni o'zaro nazorat qilish mexanizmini joriy etishni taklif qildik. Shuningdek, agar tinchlik shartnomasini imzolash kutilganidan ko'ra ko'proq vaqt oladigan bo'lsa, hujum qilmaslik to'g'risidagi paktni imzolash taklif qilindi”, dedi Pashinyan.

    U, shuningdek, Armaniston tinchlik kun tartibiga sodiq ekanini va undan chetga chiqmasligini qayd etdi, deb xabar beradi tass.ru.