Namoyishchilar maydonga avtomobillarda kirib, keyin maydonni egallab olishdi. Politsiya ularni majburan yo'ldan chetlatishga urindi.
9-maydan buyon Yerevanda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosi, Ozarbayjon bilan chegarani delimitatsiya qilish va bir qator chegara hududlarini Ozarbayjon tomoniga o'tkazish jarayonini to'xtatish talabi bilan namoyishlar bo'lib o'tmoqda. Namoyishga Arman apostol cherkovining Tavush eparxiyasi rahbari, arxiepiskop Bagrat Galstanyan boshchilik qilmoqda, deb xabar beradi ria.ru.