Armaniston va Ozarbayjon tinchlik kelishuvining 17 bandidan 15 tasi bo'yicha kelishib oldi, qolgan ikki masala bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan brifingda ma'lum qildi.
“Hali kelishuvga erishilmagan ikki moddadan biri uchinchi davlat qo'shinlarini chegaraga joylashtirishga tegishli bo'lsa, ikkinchisi xalqaro sudlardagi nizolarga tegishli. Qolgan 15 band bo'yicha kelishib olindi”, dedi u.
Pashinyan, shuningdek, Yerevan va Boku o'rtasidagi vaziyatning keskinlashishi uchun hech qanday sabab ko'rmayotganini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi tass.ru.
“Mening fikrimcha, mintaqada urush yoki keskinlashuv uchun hech qanday sabab va shartlar yo'q. Bizda mavjud bo'lgan barcha mintaqaviy muammolar yechimlari bor. Bu yechimlar bo'yicha takliflarning bir qismi oshkora, boshqalari esa diplomatik yo'l bilan, ishchi darajasida bildirilgan. Ko'rinib turibdiki, mintaqada keskinlashuv uchun asoslar yo'q”, dedi u.