Yerevanda Armaniston va AQSh qo'shma harbiy mashg'ulot boshladi

    Armaniston Mudofaa vazirligi Yerevanda AQSh qurolli kuchlari bilan "Eagle Partner 2024" qo'shma harbiy mashg'ulotlari boshlanganini ma'lum qildi

    “Men xalqaro tinchlikparvarlik missiyalarida ishtirok etayotgan bo'linmalar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik darajasini oshirishga qaratilgan ushbu hamkorlikni yuksak qadrlayman”, dedi Armaniston mudofaa vaziri Suren Papikyan mashg'ulotlarning ochilish marosimida.

    Shuningdek, Mudofaa vazirligi rahbari Armaniston qurolli kuchlari bilan hamkorlik shartnomasi tuzgan AQSh armiyasi va Kanzas milliy gvardiyasi qo'mondonligiga minnatdorchilik bildirdi.

    Avvalroq AQSh Armaniston bilan hamkorlikni mustahkamlash rejalari haqida ma'lum qilgandi. AQSh Davlat departamenti rahbari o'rinbosari Uzra Zeyaning so'zlariga ko'ra, Vashington respublikada demokratiyani rivojlantirish va korrupsiyaga qarshi kurashda yordam berish niyatida, deb xabar beradi lenta.ru.