Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda

    NASAning Yerga yaqin obyektlarni o'rganish markazi veb-saytiga ko'ra, 6-dekabr kuni diametri 1,2 kilometrgacha bo'lgan potensial xavfli 139622 (2001 QQ142) asteroidi Yerdan taxminan 5,5 million kilometr uzoqlikda uchib o'tadi.

    Sayt ma'lumotlariga ko'ra, asteroid 6-dekabr kuni Moskva vaqti bilan 21.00 da Yerga eng yaqin masofada uchib o'tadi. U bilan Yer orasidagi minimal masofa 0,036 astronomik birlik yoki 5,5 million kilometrdan sal ko'proq bo'lishi kutilmoqda. Yer orbitasini 0,05 astronomik birlikgacha yoki 7,5 million kilometrdan kam masofada kesib o'tuvchi astronomik obyektlar potensial xavfli hisoblanadi.

    Olimlarning fikricha, 139622 (2001 QQ142) asteroidining diametri 540 dan 1200 metrgacha yetishi mumkin. Koinot obyektining tezligi soniyasiga 6,66 kilometrni tashkil qiladi, deb xabar beradi ria.ru.