Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti va Quyosh-yer fizikasi institutining quyosh astronomiyasi laboratoriyasi jurnalistlarga ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, quyosh faolligi 26-oktabr, shanba kuni maksimal darajaga yetadi.

Bundan oldin olimlar quyosh faolligining maksimal davri boshlanganini e'lon qilishgandi.

Quyosh eng faol bo'lganda, kosmik ob-havo hodisalari tez-tez uchraydi, deb xabar beradi gazeta.ru.