Yerga magnit bo'roni yaqinlashmoqda

    AR3615 quyosh dog'i kuchli toj massasini chiqarib yubordi. Mutaxassislarning fikricha, u 20-mart kuni Yerga yetib keladi va magnit bo'ronini keltirib chiqaradi.

    Mutaxassislar bo'ronning kuchini taxminan besh balli shkala bo'yicha G1 sifatida baholashdi, G5 esa maksimal darajadir. Ammo vaziyat yanada jiddiyroq tus olishi mumkin.

    Magnit bo'ronlar navigatsiya tizimlari va sun'iy yo'ldosh aloqalarining buzilishiga olib kelishi, ob-havoga ta'sirchan odamlar salomatligi yomonlashishi mumkin.

    Mutaxassislar yanada kuchli quyosh chaqnashlari ehtimoli borligidan ogohlantirdi. AR3615 quyosh dog'i o'sishi va faolligi davom etmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.