Bu haqda Rossiyaning Amaliy geofizika instituti xabar berdi.
Institut ma'lumotlariga ko'ra, Yerning magnit maydonining buzilishi (kuchi) besh balli shkala bo'yicha G1 darajasiga yetdi, bu erda G5 “o'ta kuchli” va G1 “kuchsiz”.
Biroq, TASS ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya Fanlar akademiyasining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi mutaxassislari 24 soat ichida G2-G3 darajalariga ko'tarilishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi.
“Bo'ronlarning aniq belgilangan, yagona sababi yo'q va ular Yer magnitosferasining oy boshidan beri kuzatilgan o'ta yuqori quyosh faolligiga umumiy reaksiyasidir. Bunga sabab 2-fevral kuni so'nggi 18 oy ichidagi eng katta X8.1 sinfidagi chaqnash paytida koinotga chiqarilgan plazma buluti bir qismining oldingi oqshomda yetib kelishi bo'lgan”, deya qayd etiladi laboratoriya xabarida.
Avvalroq, 4-fevral kuni 15 bor quyosh chaqnashi, jumladan, eng yuqori toifadagi (X) chaqnashlardan biri qayd etilgan edi, deb xabar berdi inform.kz.