Bugun Oliy Majlis Senatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 8 iyun` kuni o'tkazilgan qishloq xo'jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko'paytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida berilgan vazifalar ijrosi, ko'tarilgan masalalarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarni Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o'rinbosari S. Safoev olib bordi.
Videokonferentsaloqa shaklida o'tkazilgan seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari, Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya hamda Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy komissiyalari raislari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, 8 iyun kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida qishloq xo'jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlashga doir muhim vazifalar belgilab berilgan.
Ularning ijrosi natijasida 457 mingta doimiy yangi ish o'rni yaratish ko'zda tutilgan, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligi bo'yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlash orqali yangi ish o'rinlarini 1,5-2 baravar oshirish imkoniyati mavjud bo'ladi.
Seminarda Senatning Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya qo'mitasi raisi B. Tajiyev oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko'paytirish hamda oziq-ovqat havfsizligini ta'minlash masalalariga to'htalib, 8 iyun` kuni qabul qilingan “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, erga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini mazmun va mohiyatini keng tushuntirdi. Xususan, endilikda tadbirkorlik uchun erlarni to'g'ridan-to'g'ri va tekinga berish amaliyotidan butunlay voz kechilishi va erlar hamma uchun bir hil, oshkora va elektron auksion orqali xususiy mulk qilib sotilishi yoki ijaraga berilishi qayd etildi.
Tadbirda ishtirok etgan Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi raisi e. Gadoev Surxondaryoda boshlanayotgan tajriba asosida, ishsiz aholiga qishloq xo'jaligi erlarini 10 yil muddatga dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilinishi qayd etdi. Buning uchun g'alla va paxtadan bo'shagan erlardan 100 ming gektardan er ajratilishi belgilangan. Va bu tajriba keyinchalik respublikamizni boshqa viloyatlarida ham amalga oshirilishi qayd etdi.
Bundan tashqari e. Gadoev videoselektor yig'ilishida qishloq xo'jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlashga, shuningdek, chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko'paytirish bo'yicha vazifalarga asosiy e'tibor qaratilgani ta'kidlab, xususiy sektorda erni sotish va ijaraga berish tartibi, subsidiya olishda imtiyozlar va boshqa masalalarga to'htaldi.
Yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta'minlash orqali erlarning iqtisodiy qiymatini belgilash maqsadida mahalliy Kengashlar a'zolari, senatorlar o'rganishlar o'tkazib, muammolarni aniqlashi lozimligini Senatning Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya qo'mitasi a'zosi I. Najmiddinov ta'kidladi.
Jumladan, joylarda saylovchilar bilan bo'lgan uchrashuvlarda erni hisob-kitobini takomillashtirish, puxtalashtirish yuzasidan takliflar bo'lgani, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga ishlab chiqarish va xizmat shohobchlari tashkil etish uchun yuqori ball-banitetga ega bo'lgan unumdor er maydonlarini ajratishdek holatlarga yo'l qo'yilgani va boshqa muammolarni hal qilishda ushbu Farmon dasturilamal bo'lishi qayd etildi.
Seminar davomida viloyatlardan qatnashgan boshqa ishtirokchilar o'z fikr va tavsiyalarini bildirdi.
Tadbir so'ngida Farmon ijrosini ta'minlashda mahalliy Kengashlar oldida turgan vazifalar bo'yicha tavsiyalar berildi.












