ERI kalitlari sayyor tartibda berildi

    “O'zmetkombinat” AJda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori va 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O'zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni va boshqa qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash maqsadida uchrashuv o'tkazildi.

    Bekobod shahar Davlat xizmatlari markazi direktori Ubaydullo Mirzayev elektron raqamli imzoning hayotimizdagi o'rni, afzalliklari, qo'llanilishi, ERI kalitlarini onlayn tarzda olish haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Shuningdek, Davlat xizmatlari markazi xodimlari elektron raqamli imzoning xavfsizlik darajasi, undan foydalanish tartibi kabi bir qator savollarga javob berdi.

    Tadbir ishtirokchilariga elektron raqamli imzo kalitlari sayyor tartibda berildi.

    DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

    matbuot xizmati