Andijon viloyati IIB ning maʼlum qilishicha, Ulugʻnor tumani, Choʻlobod MFYda yashovchi, 2002-yilda tugʻilgan Sh.O ismli ayol, 2023-yil 13-iyun kuni Ulugʻnor tumanidagi yashash uyidan Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan turmush oʻrtogʻiga oʻzaro oʻrtalaridagi oilaviy kelishmovchilik sababli 5 oylik farzandini yigʻlagan holdagi videotasvirlarni “Telegram” messenjeri orqali joʻnatganligi aniqlangan.
Ushbu videoxabarlar ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgandan soʻng, Sh.O ismli ayol 14.06.2023-yil soat 22:36da Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining 102 xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, unda “Telegramm” messenjeri orqali turmush oʻrtogʻiga farzandi bilan bogʻliq videoxabarlarni joʻnatganligini, biroq turmush oʻrtogʻi ushbu videoxabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, obroʻsizlantirayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Aytilishicha, hozirda Sh.Oning farzandiga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan va Andijon viloyati, Ulugʻnor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
“Ushbu holat boʻyicha guvohlarning vajlari toʻliq tekshirilib, holatga toʻliq oydinlik kiritilgandan soʻng, qoʻshimcha ravishda maʼlumot taqdim etiladi”, - deyila IIB xabarida.