Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga zamonaviy avtobus sovgʻa qilindi

    Ta'lim 8 May 2025 1026

    Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur avtobusni maktab jamoasiga tantanali topshirib, oʻquvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi.

    Qayd etilishicha, Margʻilonda 2024-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan “Hokim va yoshlar“ uchrashuvida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi viloyat rahbariga zamonaviy avtobus ajratish taklifini bildirgan edi. Mazkur taklif inobatga olinib, Ijod maktabiga zamonaviy avtobus olib berildi.

    Marosimda ishtirok etgan maktab jamoasi va oʻquvchilar bu gʻamxoʻrlik va eʼtibor uchun minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbari tomonidan bildirilayotgan ishonchga munosib javob berishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar. Ular maktabning erishgan yutuqlari haqida maʼlumot berib, kelgusida yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishga harakat qilishlarini maʼlum qildilar.

    Viloyat rahbari oʻquvchilarni ajdodlarga munosib, bilimli, zukko va oʻz iqtidorini rivojlantirishga qodir oʻgʻil-qizlar boʻlib kamol topishlarida omad va zafarlar tiladi.