Erkin Vohidov nomidagi shaxmat va voleybol maktabi ochildi

    Voqea-hodisalar 7 Iyul 2020 2183

    Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Alitepa mahallasida yangitdan barpo etilgan Erkin Vohidov nomidagi shaxmat va voleybol maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Loyiha qiymati 4 mlrd 300 mln soʻmga teng sport taʼlim muassasasida mingga yaqin yoshlarning shaxmat va voleybol sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar olib borishi uchun sharoitlar yaratilgan.

    Sport maktabi qoshida shuningdek, mingdan ortiq sportga oid kitoblar bilan toʻldirilgan kutubxona ham tashkil etilib, mahalliy aholi foydalanishi uchun topshirildi.

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati