Bugun Samarqandda oʻtkazilgan “Imom Buxoriy merosining oʻziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusidagi xalqaro anjumanda sovgʻa almashish chogʻida Afgʻoniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy viloyat hokimi E.Turdimovga vazirlikning esdalik medalini topshirdi.

Vazirning qayd etishicha, E.Turdimov ushbu vazirlik medaliga sazovor boʻlgan ilk oʻzbekistonlikdir.