Erkinjon Turdimov qardosh Turkiya xalqiga samarqandliklar nomidan hamdardlik bildirdi

    Dolzarb 8 Fevral 2023 2201

    Turkiya Respublikasining Samarqanddagi bosh konsulxonasida hamdardlik kitobi ochildi.

    Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani haqida barchaga birdek maʼlum.

    Shu munosabat bilan Turkiya Respublikasining Samarqanddagi bosh konsulxonasida hamdardlik kitobi ochildi.

    Bugun Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bosh konsulxonada boʻlib, qardosh Turkiya xalqiga Samarqand jamoatchiligi va ahli nomidan chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildirdi.