Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    Bugun, 22-yanvar kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

    Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Pokiza Axmedjanova olib bordi.

    Keyingi yillarda hududda qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholining ijtimoiy sharoitlarini yuksaltirish va boshqa yoʻnalishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etilib, qoʻshimcha vazifalar belgilandi.

    Kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala koʻrildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.