Vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan Inspeksiya organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarida qonunchilik ijrosiga doimiy ravishda monitoring-tahlil tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Ammo oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Respublikamiz agrosanoat tizimini bozor talablari va xalqaro standartlariga moslashtirish maqsadida qator farmon va qarorlar qabul qilinib, keng qamrovli imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramasdan qonunbuzilish holatlari aniqlanmoqda.
Jumladan, Agroinspeksiyaning Boʻstonliq tuman boʻlimining qishloq xoʻjaligi yerlardan foydalanishni nazorat qilish soxasida 2020-yil yanvar-dekab oylarida jami 68 ta nazorat tadbirlari oʻtkazilgan boʻlib, aniqlangan qonun buzilishlar 49 ta shundan, qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan qishloq xoʻjaligi karhonalariga hamda tegishli mutasaddilarga 18 ta ogohlantirish xatlari, 16 ta taqdimnoma, 3 ta yozma koʻrsatmalar kiritilib, mazkur qonunbuzilish holatlar yuzasidan 9 ta maʼmuriy qaror qabul qilinib jarimaga tortildi.
Bundan tashqari 19 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib tegishli qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborildi.
Xulosa oʻrnida aytish kerakki, “Oʻzagroinspeksiya” oldida turgan oʻta muhim va dolzarb vazifa, qonunbuzilish holatlarini aniqlash emas balki, uning oldini olish, sohada kuchli qonunchilik bazasini shakllantirish, qonunchilik ijrosi yuzasidan ochiq va shaffof yaratishdan iborat.
Behzod Risqiboyev,
Agronspeksiyaning Boʻstonliq tuman
boʻlimi katta inspektori