Qonun hujjatlariga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burgʻilash maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlishi belgilandi.
Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda – muddati oʻtgan qarzdorlik uning mavjudligi toʻgʻrisida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga boʻlgan huquq bekor qilinishi belgilandi.
Bundan tashqari, sugʻoriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga oʻtkazish boʻyicha aniq talablar belgilanmoqda,
Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yer osti suv manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha boʻlgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.