“Forbos” ob-havo markazining yetakchi mutaxassisi Mixail Leusning so'zlariga ko'ra, 2 va 3-oktabrda Quyoshda sodir bo'lgan ikkita rekord darajadagi chaqnashlar Yerda deyarli jiddiy oqibatlarga olib kelmadi. 9-oktabr kuni ertalab yuz bergan X1.8 sinfidagi chaqnash ko'p miqdordagi plazmaning ajralishiga olib keldi.
“Magnit bo'ronlari juda kuchli bo'lishi kutilmoqda, ular G4 sinfiga yoki undan yuqoriroq darajaga yetadi va uzoq davom etadi. Yer magnitosferasidagi buzilishlar bugun, taxminan, kunduzi yuz beradi va magnit bo'ronlari o'rtachadan juda kuchligacha bo'lgan G2-G4 oralig'ida tebranish intensivligi bilan 11-oktabr, juma kunining oxirigacha davom etadi. Shanba kuni magnit bo'ronlari davom etadi, lekin kuchsiz va o'rta, G1-2G darajada bo'ladi. Faqat yakshanba kuni geomagnit maydonida buzilishlar kuchsizlanadi va to'xtay boshlaydi, dedi Leus.
Uning fikricha, kutilayotgan hodisa eng kuchli va eng uzoq davom etgan magnit bo'roni nomi uchun joriy yilning 10 – 12-may kunlari sodir bo'lgan magnit bo'roni bilan raqobatlasha oladi, deb xabar beradi zakon.kz.