Yerni kuchli magnit bo'roni qopladi

    Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo'lib, Yerni kuchli magnit bo'roni qopladi. K-indeksi yetti balldan oshdi.

    17-noyabr kuni geomagnit maydon “tinchlanadi”. Ammo 18-noyabr kuni Yerni yana kuchli magnit bo'roni qoplaydi. K-indeksi olti balldan oshadi.

    Sayyoramizda keyingi haftada – 22, 24 va 25-noyabr kunlari magnit bo'ronlari yuz berishi kutilmoqda.

    Magnit bo'ronlari quyoshdagi chaqnashlar oqibatida Yerning magnit maydonidagi buzilish tufayli yuzaga keladi. Ular davomiyligi va intensivligi bilan farqlanadi. Bunday hodisalar aloqada uzilishlarga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.