Yerni sovitish usuli taklif qilindi

    Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi hamda NASA tadqiqotchilari global isishga qarshi kurashishda Yer atmosferasini sovitishning yangi usulini taklif qilishdi.

    Olimlarning fikricha, muz kristallari zarrachalarining atmosferaning yuqori qatlamiga kiritilishi qatlamlarni kamroq nam qiladi, bu esa Yerdagi issiqlik ta'sirining bir qismini neytrallashtiradi. Bu havo asta-sekin ko'tariladigan stratosfera ostida, 17 kilometr balandlikda samolyotlar yordamida amalga oshiriladi. Ular nam qatlamlarga kirib, bug'ning kondensatsiyasiga olib keladi va stratosferani suvsizlantirgan holda uni muzga aylantiradi, deb xabar beradi lenta.ru.

    Iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish uchun Yer atmosferasini ataylab o'zgartirish yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblaydi iqlimshunoslar. Shuning uchun, eng oqilona yondashuv uglerod chiqindilarini kamaytirishdir.