Yerning ichki yadrosi markaziy qismining aniq o'lchamlari aniqlandi

    Avstraliyalik seysmologlar sayyoramiz yadrosining qattiq qismining ichki qatlami 650 kilometr radiusga ega ekanligini aniqlashdi.

    “Yerning ichki yadrosi hali ham sayyoramizning eng o'rganilmagan qismi bo'lib qolmoqda. Biz uning izolyatsiya qilingan markaziy qismi haqida ham kam ma'lumotga egamiz, radiusi, uning ilk kashfiyotchilarining dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, taxminan 300 km sifatida baholangan. Avvalgi hisob-kitoblarga qaraganda diametri kattaroq, taxminan 650 km bo'lgan mazkur qatlamning o'lchami va tuzilishini o'rganish uchun butun sayyorani bir necha bor aylanib o'tadigan seysmik tebranishning noyob turidan foydalandik, deyiladi tadqiqotda.

    Ma'lumki, Yerning tubi bir necha qatlamlar – qattiq yer qobig'i, yarim suyuq mantiya va erigan tashqi va qattiq ichki metall yadrosidan iborat.

    Avstraliya Milliy universiteti professori Xrvoe Tkalchich va uning hamkasbi Txanson Famning so'zlariga ko'ra, ular 2010-yildan buyon butun dunyo bo'ylab seysmik stansiyalar tomonidan qayd etilgan barcha eng kuchli yer osti tebranishlarini tahlil qilishgan.

    “Tahlil Yer yadrosining qattiq qismining ichki qatlami haqiqatan ham mavjudligini tasdiqladi, shuningdek, yadroning bu qismi kattaligiga juda kam baho berilganini ko'rsatdi. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, yadroning izolyatsiya qilingan markaziy qismining radiusi taxminan 650 kilometr, bu avvalgi hisob-kitoblardan ikki baravar ko'p”, deya qo'shimcha qildi mutaxassislar.

    So'nggi yigirma yil ichida yadroning qattiq qismi boshqa barcha qatlamlarga qaraganda o'z o'qi atrofida tezroq aylanmoqda, deyiladi korrespondent.net saytida.