Yerda millionlab odam noyob hodisaga guvoh bo'ladi

    12-dekabr, seshanbaga o'tar kechasi Betelgeyze yulduzi asteroid tomonidan “tutiladi”. Bu hodisani Yer yuzidagi millionlab odamlar ko'rish imkoniyatiga ega.

    15 soniyadan ortiq davom etmaydigan noyob hodisani 12-dekabr kuni Tojikiston, Armaniston, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Ispaniya, AQShning Florida shtatida va Meksikaning ayrim hududlarida kuzatish mumkin. Asosiy asteroid kamarida joylashgan Leona asteroidi Betelgeyze yulduzi oldidan o'tib ketadi va uning tutilishga sabab bo'ladi, biroq olimlar uning to'liq yoki qisman tutilishi masalasida aniq to'xtamga kelishgani yo'q.

    Leona asteroidining uzunligi 80, eni 55 kilometr. Osmon jismining “olov halqasi” shaklida tutilishi ehtimoli katta, deb xabar beradi lenta.ru.