Eron AQShning o'z hududidagi yadroviy infratuzilma obyektlariga havo hujumlari uchun javob qaytarish niyatida. Bu haqda Eron Prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqoti chog'ida aytib o'tdi, deb xabar beradi uning matbuot xizmati.
“AQSh bilan uchrashuvlarda ishonch haqida gapirgan edik, biroq amalda AQSh boshqacha harakat qildi va bizning yadroviy inshootlarimizga hujum qildi. Amerika bizga hujum qildi. Agar shunday vaziyatga tushib qolsangiz nima qilasiz? Tabiiyki, ular o'zlarining tajovuzlariga javob olishlari kerak”, dedi Pezeshkiyon.
Uning so'zlariga ko'ra, AQSh dastlab Eron yadroviy dasturining tinch xarakterini ta'minlashni xohlayotganini da'vo qilgan, biroq muzokaralar o'rtasida “sionistik rejim bilan to'liq muvofiqlashgan holda” harakat qilishga qaror qilgan, deb xabar beradi lenta.ru.









