Bu haqda eron OAVlari xabar berdi.

O'z navbatida, IIQK o'zining bosh qo'mondoni halok bo'lganini tasdiqlovchi bayonot bilan chiqdi.

Bundan tashqari, Isroil zarbasi oqibatida Eron Islom Respublikasi oliy rahbari Sayid Ali Xomaneiyning maslahatchisi Ali Shamxoniy og'ir yaralangan.

Havo hujumlari oqibatida Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Fereydun Abbosiy va Azad Islom universiteti prezidenti Muhammad Mehdi Tehronchi halok bo'ldi, deb xabar beradi report.az.