Bu haqda Pars Today xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, delegatsiya tarkibiga xavfsizlik, siyosat, harbiy, iqtisod va huquq sohalariga oid qo'mitalar vakillari kirgan. Muzokaralar Eron tomoni ilgari surgan dastlabki shartlar qabul qilingan taqdirda boshlanishi bildirgan.

Safarda shuningdek, Eron tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Aroqchiy, mudofaa kengashi kotibi Ali Akbar Ahmadian, Markaziy bank rahbari Abdolnasir Himmatiy hamda parlament deputatlari ishtirok etmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Islomobodga AQSh tomonidan ham yuqori darajadagi vakillar, jumladan, Jey Di Vens, Stiv Vitkoff va Jeralд Kushner yetib kelgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, harbiy harakatlardan so'ng tomonlar o'rtasida o'q otishni to'xtatish bo'yicha taklif ilgari surilgan.

Eron ikki haftalik sulhga rozilik bildirgan, biroq muzokaralar natijasi uni qoniqtirmasa va jangovar harakatlar qayta boshlansa, mintaqadagi AQSh manfaatlari va Isroil yana nishonga olinishi mumkinligi ta'kidlangan.