Bu haqda Yaqin Sharq bilan bog'liq yangiliklarga ixtisoslashgan Middle East Eye portali manbalariga tayanib ma'lum qildi.
Portal yozganidek, Xitoy zenit-raketa majmualarini yetkazib berish Eron va Isroil o'rtasida 24 iyunda erishilgan de-fakto sulhdan so'ng amalga oshirilgan.
Ismini oshkor qilishni istamagan arab mulozimining aytishicha, AQShning arab ittifoqchilari Tehronning havo hujumidan mudofaa tizimini “mustahkamlash va kuchaytirish” bo'yicha urinishlaridan xabardor va Oq uy Eronning bu boradagi siljishlari haqida xabardor qilingan.
Zenit-raketa majmualari samolyotlar, vertolyotlar, raketalar va uchuvchisiz uchish qurilmalari kabi havo nishonlarini yo'q qilish uchun mo'ljallangan. Bu raketalar yerdan uchirilib, turli yo'naltirish tizimlari yordamida nishonga yo'naltiriladi. Ma'lumki, Eron ham Xitoy va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari, jumladan HQ-9 va S-300 dan foydalanadi.
Manbalar jangovar harakatlar tugaganidan beri eron Xitoydan qancha zenit-raketa majmualari olganiga aniqlik kiritilmagan. Biroq manbalardan biri Eron tomoni zenit-raketa majmualari haqini neft yetkazib berish bilan to'layotganini aytdi.
Portalning qayd etishicha, Xitoy Eron neftining eng yirik importchisi hisoblanadi. AQSh energetika axboroti boshqarmasi may oyidagi hisobotida Eron nefti va kondensatining qariyb 90 foizi Pekinga eksport qilinishini taxmin qildi. Shu bilan birga, Malayziya kabi uchinchi davlatlar orqali o'tadigan yo'nalishlar AQSh sanksiyalarini chetlab o'tish imkonini beradi, deb xabar beradi tengrinews.kz.









