Eron Isroil harbiy bazasiga zarba berdi – OAV

    Eron Isroilning Nevatim aviabazasiga raketa bilan zarba berdi.

    Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

    Bundan tashqari, Shafaq agentligi ma'lumotlariga ko'ra, Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi (KSIR, Eron Qurolli kuchlarining elita bo'linmalari) yahudiy davlati hududiga bergan raketa zarbasi tufayli Isroil harbiy-havo kuchlarining 20 dan ortiq F-35 samolyotlariga zarar yetdi.

    Eronning Fattah gipertovushli raketalari Isroilning Arrow-2 va Arrow-3 raketaga qarshi mudofaa tizimlarini birinchi marta yo'q qildi, deb xabar beradi IRIB telekanali.

    Fars agentligi xabariga ko'ra, Eron raketalarining kamida 80 foizi Isroil havo hujumidan mudofaa tizimini yorib o'ta olgan va yahudiy davlati hududidagi nishonlarga zarba bera olgan. Qayd etilishicha, bu hujumlarning faqat birinchi to'lqini va ikkinchisini kutish kerak. Shu bilan birga, Isroil armiyasi yangi hujum hozircha kutilmasligiga ishontirdi.

    Eslatib o'tamiz, 1-oktabr kuni Eron Isroilga qarshi yirik raketa hujumini amalga oshirdi. Shu munosabat bilan Iroq, Iordaniya va Livan havo hududini yopdi, deb xabar beradi report.az.