Endi bu hududdan atigi bir nechta neft tankerlari o‘tadi.
Endi Tehron bo‘g‘oz ostidan o‘tgan internet kabellaridan ham pul ishlab topadi.
Gap xalqaro ma’lumotlarni uzatuvchi uchta yirik aloqa tarmog‘i haqida boryapti.
Ular orqali har kuni taxminan 10 milliard dollarlik moliyaviy operatsiyalar olib boriladi.
Tehron yangi to‘lovdan neft eksportidan kelib chiqadigan zararlarni qoplash uchun foydalanmoqchi.
Eron rasmiylariga ko‘ra, bu yo‘qotishlar kuniga 220 million dollarga yetdi.
Bunday yo‘qotishlar AQSh dengiz floti Eron bandargohlarini bloklaganidan keyin yuzaga keldi, deb xabar berdi Kazinform.
— Eron ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Tehron kabellardan foydalanadigan xorijiy kompaniyalarni yillik litsenziyalash to‘lovlarini to‘lashga majbur qilishi mumkin. Bu reja nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Meta, Amazon va Microsoft kabi Amerika texnologiya gigantlari Hormuz orqali o‘tadigan kabellardan foydalansalar, "Eron qonuni" bilan ishlashga majbur bo‘ladilar. Bunga senzura talablari ham kiradi, — deyiladi nashr xabarida.
Avvalroq Ebrahim Rizoiy AQSh va Isroil tomonidan yangi hujum bo‘lgan taqdirda, Tehron uranni boyitish darajasini 90 foizgacha oshirishi mumkinligini aytgan edi.
U — Eron parlamentining Tashqi siyosat va milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakili.