Eron parlamenti Ho'rmuz bo'g'ozini yopishni ma'qulladi

    Eron parlamenti Ho'rmuz bo'g'ozini yopishni zarur deb hisoblaydi, dedi Eron Islom Respublikasi parlamenti Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo'mitasi a'zosi Ismoil Kusariy.

    “Parlament Ho'rmuz bo'g'ozini yopish kerak degan xulosaga keldi, ammo bu boradagi yakuniy qarorni Milliy xavfsizlik kengashi qabul qiladi”, deya undan iqtibos keltiradi Press TV.

    Bo'g'oz Hind okeanining shimoli-g'arbiy qismida joylashgan bo'lib, Fors ko'rfazini Ummon ko'rfazi va Arab dengizi bilan bog'laydi.

    Bu mintaqa davlatlarining harbiy xavfsizligi nuqtai nazaridan ham, jahon savdosi nuqtai nazaridan ham strategik ahamiyatga ega.

    Yaqin Sharqdan eksport qilinadigan energiya resurslarining salmoqli qismi bo'g'oz orqali o'tadi.

    Iroq, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn, Qatar va BAA ushbu yo'nalish orqali neft va siqilgan tabiiy gaz eksport qiladi.

    Eksportning 80 foizdan ortig'i Osiyo mamlakatlariga, qolgani Yevropa Ittifoqiga to'g'ri keladi.

    Bo'g'oz orqali dunyo neftining 20 foiz​​gacha va siqilgan tabiiy gazning 35 foizdan ortig'i tashiladi.

    Xitoy import qilayotgan gazning to'rtdan bir qismi Ho'rmuz bo'g'ozi orqali keladi.

    Ushbu yo'nalish orqali tashiladigan neftning eng yirik importchilari Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoydir.

    Eng tor nuqtasida uning kengligi 33 kilometrni tashkil qiladi.

    Bo'g'ozning butun shimoliy qirg'og'i Eronga tegishli bo'lib, u asosan ushbu suv yo'lini nazorat qiladi, deb xabar beradi ria.ru.