Eron portidagi portlash qurbonlari soni 40 nafarga yetdi

    Eronning Hormozgon viloyati gubernatori Muhammad Ashhuri Tazianiyning aytishicha, Shahid-Rajoiy portidagi portlash qurbonlari soni 40 nafarga yetgan.

    “Ayni damda portlashda olgan jarohatlari tufayli halok bo'lganlar soni 40 nafarga yetdi”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi Mehr agentligi.

    Avvalroq Eron parlamenti, Sog'liqni saqlash va tibbiy xizmatlar komissiyasi a'zosi Muhammad Jamalian 36 kishi halok bo'lgani haqida xabar bergan edi.

    Parlament a'zosi, shuningdek, ularning ko'plari noma'lumligicha qolayotgani, bedarak yo'qolganlar sonini aniqlashning imkoni yo'qligini ta'kidladi. Jamalian port hududida hali ham halok bo'lganlarning jasadlari bo'lishi mumkinligini istisno etmaydi.

    Parlament a'zosining so'zlariga ko'ra, jabrlanganlar soni 240 nafarga yetdi, ulardan 5 nafarining ahvoli og'ir, deb xabar beradi tass.ru.