Marosimga harbiy va milliy amaldorlar, shuningdek, 115 mamlakatdan kelgan martabali shaxslar va mehmonlar tashrif buyurdi, deya xabar berdi IRNA.

Inauguratsiya marosimidan oldin 115 mamlakat va xalqaro tashkilot delegatsiyalari eron Islom Respublikasining yangi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan Baheriston parlamentida ochiq havoda suratga tushdi.

Parlament raisi Muhammad Bager Galibaf barcha eronlik va chet ellik mehmonlar oldida nutq so'zladi.

Parlament raisining tabrigidan so'ng, Prezident Ibrohim Raisiy Sud raisi va tadbirda hozir bo'lgan rasmiylar oldida qasamyod qildi.

Prezident Islom Respublikasi Konstitutsiyasi va rejimining qo'riqchisi bo'lishga qasamyod qildi va xalq muammolarini hal qilish uchun bor kuchini sarflashga tayyorligini bildirdi.