Bu haqda eronning Tasnim agentligi xabar berdi.
Avvalroq Eron ommaviy axborot vositalari 81 qurbon haqida ma'lumot bergan edi.
Tasnim agentligi ma'lumotlariga ko'ra, birinchi portlash Sulaymoniy qabridan 700 metr uzoqlikda, ikkinchisi esa obyektdan taxminan 1 kilometr uzoqlikda sodir bo'lgan.
Kirmon viloyati gubernatori portlashlarni terakt deb atadi.
Eron Islom inqilobi gvardiyasi korpusining “Al-Quds” maxsus kuchlari qo'mondoni Sulaymoniy va Iroqning “Al-Hashd ash-Shaabi” tuzilmalari rahbari o'rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis 2020-yil 3-yanvarda Bag'dod aeroporti yaqinida Amerika havo kuchlarining raketa hujumi oqibatida halok bo'lishgan. Bunga javoban 2020-yil 8-yanvarga o'tar kechasi Eron Iroqdagi Amerika qo'shinlari foydalanayotgan ikkita obyektga raketa hujumi uyushtirdi, deb xabar beradi tass.ru.