Eron qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimlari Isfahonda uchta dronni urib tushirdi

    Bu haqda Eron davlat televideniesi xabar bermoqda.

    Dronlar Isfaxon osmonida juma kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 03:00 da aniqlangan, deyiladi xabarda. Shundan so'ng, havo mudofaasi tizimi ishlay boshladi va “ularni osmonda yo'q qildi”.

    Tasnim agentligiga ko'ra, Eron hududiga raketa hujumlari qayd etilmagan, deb xabar beradi report.az.