Eron sulh e'lon qilingandan keyin Isroilga raketa uchirilganini rad etdi

    Eron sulh e'lon qilinganidan keyin Isroilga raketa uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar qildi IRIB davlat teleradiokompaniyasi o'zining Telegram-kanalida.

    “Eron o't ochishni to'xtatishga majbur bo'lgach, bosib olingan hududlar tomon raketa uchirgani haqidagi xabar yolg'on”, deyiladi nashr.

    Bu ma'lumotni Eron qurolli kuchlari bosh shtabi tasdiqladi. Eron Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik oliy kengashi Tehron o't ochishni to'xtatish rejimiga amal qilayotganini tasdiqladi, biroq Tel-Avivning har qanday tajovuziga javob berishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.