Boʻlajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha ham fikr almashiladi.