Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi IRNA agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Kecha (chorshanba) Ummon vositachiligida Trampning maktubiga rasmiy javob tegishli shaklda yuborildi”, dedi u.

Aragchining aytishicha, javob ikkita hujjatdan iborat. Birinchisida Tehronning dunyodagi hozirgi vaziyatga qarashlari bayon etilgan bo'lsa, ikkinchisida Tramp maktubidagi tezislar to'liq tahlil qilingan va mulohazalar bildirilgan.

7-mart kuni Tramp o'zining Truth Social sahifasida Xomaneiyga Tehron yadroviy dasturi bo'yicha muzokaralar o'tkazish taklifi bilan murojaat qilganini yozgan. Eron rahbari AQSh Prezidentining bu bayonotini izohlar ekan, uning mamlakati AQSh bilan muloqotga kirishmasligini, chunki Vashington faqat o'z manfaatlarini o'ylashini ta'kidladi, deb xabar beradi report.az.