Eronda Bosh shtab va IIQKga yangi boshliqlar tayinlandi

    Eronda Qurolli kuchlar Bosh shtabiga va Islom inqilobi qo'riqchilari korpusiga (IIQK) yangi boshliqlar tayinladi. Bu haqda Eron OAVlari xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, marhum Muhammad Bag'iriy o'rniga Abdulrahim Musaviy Eron Bosh shtab boshlig'i, marhum Husayn Salamiy o'rniga esa Muhammad Pakpur IIQK qo'mondoni etib tayinlangan.

    Avvalroq Isroilning Eronga bergan aviazarbalari oqibatida Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig'i, general-leytenant Muhammad Bag'iriy va IIQK qo'mondoni, general-mayor Husayn Salamiy halok bo'lgani xabar qilingandi.

    Eslatib o'tamiz, Isroil 13-iyunga o'tar kechasi Eronga qarshi “Ko'tarilgan sher” operatsiyasini amalga oshirgan edi. Xususan, Isroil harbiy-havo kuchlari Eron harbiy va yadroviy obyektlariga hujum qildi. Isroil hujumlarida eron Bosh shtab boshlig'i, IIQK rahbari, yana bir qancha harbiy rahbarlar va yadro olimlari halok bo'ldi. Bundan tashqari, zarbalar oqibatida Eronda tinch aholi halok bo'ldi, deb xabar beradi report.az.