Eronda yong'in festivalida 26 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Eronda yong'in festivalini nishonlash chog'ida 26 kishi hayotdan ko'z yumdi, 4360 kishi jarohatlandi.

    Eron favqulodda vaziyatlar xizmati rahbarining so'zlariga ko'ra, bayram kunlari 1,4 mingga yaqin tez tibbiy yordam stansiyalari shay holatga keltirildi. Birgina Tehronning o'zida bir kunda yong'in xavfi haqida 1,8 ming qo'ng'iroq kelib tushdi, 2 nafar poytaxtlik hayotdan ko'z yumdi.

    Fuqarolar olov ustidan sakrash va pirotexnika vositalaridan noto'g'ri foydalanish oqibatida jabrlanmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.