Erondagi konda yuz bergan portlash qurbonlari soni 50 nafarga yetdi

    Eron shimoli-sharqidagi Tebes shahridagi ko'mir konida yuz bergan portlashda halok bo'lganlar soni 50 kishiga yetdi, kamida 20 kishi jarohat oldi.

    Bu haqda Eronning Tasnim agentligi xabar berdi.

    Unga ko'ra, shaxtadagi portlash tunnellardan birida metan chiqishi tufayli sodir bo'lgan. Portlash vaqtida konning V va C bloklarida 69 kishi bo'lgan. V blokidan 20 nafar konchining jasadi topildi, C blokida ishlagan 30 kishining barchasi halok bo'ldi. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

    Avvalroq Eronning PressTV davlat telekanali shaxtadagi portlash oqibatida kamida 30 kishi halok bo'lgani, yana 17 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Eron Prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon voqea sabablarini tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni buyurdi, deb xabar beradi tass.ru.