“Ipak yo'li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Eron madaniyat vazirining o'rinbosari, Kino tashkiloti rahbari Muhammad Xazaiy boshchiligidagi ushbu davlat delegatsiyaning uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida madaniyat va kino sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O'zbekiston va eron o'rtasidagi tarixiy aloqalarni inobatga olib, Alisher Navoiy va Sharofiddin Ali Yazdiy kabi buyuk ajdodlar haqida hamkorlikda fil`mlarni suratga olish masalalari xususida fikr almashildi.
Muhammad Xazaiy, shuningdek, O'zbekiston va Eronda o'zaro kino haftaliklarni o'tkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston Kinematografiya agentligi va eron Kino tashkiloti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.