Eronning Isroilga hujumidan keyin neft narxi ko'tarildi

    Savdo ma'lumotlariga ko'ra, Eronning Isroilga hujumidan keyin jahon neft narxi 0,3-0,4 foizga o'smoqda.

    Moskva vaqti bilan soat 1.16 holatiga kora, Brent neftining iyun fyucherslari narxi 0,357 foizga oshib, bir barrel uchun 90,48 dollarni, WTI uchun may fyucherslari esa 0,28 foizga oshib, 85,69 dollarni tashkil qildi.

    Eron islom inqilobi qo'riqchilari korpusi Isroil aviatsiyasi tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligining aprel oyi boshida vayron qilinganiga javoban yakshanbaga o'tar kechasi Isroil hududiga hujum uyushtirganini ma'lum qilgandi. Turli manbalarga ko'ra, hujumda bir necha o'nlab, yuzlab raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirok etgan, deb xabar beradi ria.ru.