Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi, nimalarni bilish muhim?

    Ertadan barcha hududlarda 2025–2026-oʻquv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi.

    Bilimni baholash agentligi abituriyentlarga muhim tavsiyalar berdi.

    Test sinovlari har kuni ikki smenada:

    • 1-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
    • 2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.

    Bunda abituriyentlar test sinovi oʻtkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

    • 1-smenada 07:30 ga qadar;
    • 2-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan oʻtgan holda oʻz joyiga joylashgan boʻlishlari lozim.

    Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

    Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!

    Test sinovlari toʻliq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda oʻtkaziladi va jarayonlarni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin boʻladi.