Bu yil 1,5 milliondan ziyod yoshlar oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.
Bu yil ilk marotaba 9 ta nodavlat oliygohlarda 22 ta yoʻnalishda talabalarni oʻqitish uchun 500 ta davlat granti ajratiladi.
Shuningdek, Prezident bu yil oliygohlarga qabul soni oʻtgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga yetkazilishini maʼlum qildi.