23-fevralda respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, 24-fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Havo harorati 24-fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq boʻladi, 25-26-fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi.

23-25-fevralda baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.