Oʻzbеkiston boʻyicha 2024-yil 22-26-yanvar kunlariga ob-havo prognozi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, 23-24-yanvar kunlari iliq havo kirib kelishi davom etadi, respublika hududining katta qismida quyoshli va ochiq havo kuzatiladi. 24-yanvarda respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Volga boʻyi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Respublika hududining katta qismida 23-24-yanvar kunlari harorat kechalari 2-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-15 daraja iliqqacha koʻtariladi, shimoliy hududlarda esa 24-yanvarda kunduzgi harorat -2...-7 daraja sovuqqacha pasayadi.
25-yanvarda nam va sovuq havo massalari mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat kunduzi +4...+9 daraja iliqqacha pasayadi, shimoliy hududlarda kechasi -6...-11 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi -2...-7 daraja sovuqdan oshmaydi.
26-yanvarda respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli saqlanib turadi, shimoli-gʻarbiy hududlarda esa yogʻingarchilik toʻxtaydi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, shimolda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq atrofida boʻladi.
Poytaxtimizda: bugun quyoshli va ochiq havo boʻlishi kuzatiladi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 10-12 daraja iliqni tashkil etadi.
23-24-yanvar kunlari poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol tezligi 3-8 m/s boʻladi. Havo harorati 23-yanvarda kechasi 0-2 daraja iliq atrofida boʻladi, 24-yanvarda kechasi 3-5 daraja iliqqacha koʻtariladi, kunduzi 23-24-yanvarda harorat +12...+14 daraja iliq atrofida boʻladi.
25-yanvarda poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+7 daraja iliqqacha koʻtariladi, kunduzi +7...+9 daraja iliqqacha pasayadi.